27 okt 16:05
Yangiliklar
Futbol

"Milan" Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara olib bormoqda
"Rossonerilar" jamoaning vice-sardorini tarkiblarida saqlab qolishmoqchi.
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini darvozabon Janluiji Donnarumma bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borilayotganini aytib o'tdi.
Italiya terma jamoasi posbonining "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. 21 yoshli darvozabon joriy mavsum 8ta o'yinda maydonga tushib, 4 bor o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Havola :
Fikrlar