22 sen 12:23
Yangiliklar
Futbol

"Milan" "Manchester Siti" sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Milan" "SHalke" himoyachisi Matia Nastasich borasida muzokaralarni boshladi.
"Milan" Nastasich variantiga oldin asosiy maqsad deb qaralgan Kristoffer Ayer ("Seltik") va Nikola Milenkovich ("Fiorentina") bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz o'tganidan so'ng o'tdi.
Qayd etish kerakki, "SHalke" Nastasichni "Milan"ga ijara berishga va ijara bitimi yakunlangandan so'ng Milan klubining sotib olish huquqi evaziga xarid qilishiga tayyor.
Nastasich o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushdi. Serbiyalik futbolchi 2012-2014 yillar davomida "Manchester Siti"da o'ynagan.
Havola :
Manba : gianlucadimarzio.com
Fikrlar