12 sen 09:12
Yangiliklar
Futbol

“Milan” Montellani istefoga chiqarmoqchi emas
“Milan” klubi bosh murabbiyi Vinchenco Montella “Lacio”dan qabul qilingan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatga qaramay, o'z lavozimida qoladi.
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, klub bosh direktori Marko Fassone Montella bilan bo'lgan uchrashuvda unga jamoa rahbariyati ishonch bildirishda davom etishini aytgan.
Hozirda “rossonerlar” Evropa CHempionlar ligasining guruh bosqich 1-turidan o'rin olgan “Austriya” klubiga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rishyapti. Bu uchrashuv 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar