19 noy 11:42
Yangiliklar
Futbol
"Milan" Romanoli bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli italiyalik futbolchiga shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirish taklifi kelib tushdi. Oldinroq malum bo'lganidek, futbolchining agenti Mino Rayola shartnomani uzaytirish bo'yicha klub bilan muzokara o'tkazish uchun Milanga keldi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt italiyalikni 20 mln evroga baholamoqda. Romanoli 2015 yilning avgustidan beri "Milan"da o'ynaydi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Fikrlar