So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

10 fev 10:54
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy antidoping agentligi hamda Xalqaro Kurash instituti o'rtasida memorandum imzolandi

Teglar :  Antidoping
Kecha Milliy antidoping agentligi hamda Xalqaro Kurash instituti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sportda doping qo'llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, sportda dopingga qarshi kurash to'g'risidagi Xalqaro konvenciya, Butunjahon antidoping kodeksi va boshqa Xalqaro antidoping standartlari talablariga rioya etilishini taminlash faoliyat olib borayotgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bugun o'zbek sportchilarining yangi marralarga erishishida samarali xizmat qilib kelmoqdi.

 

Yurtimizda sportga berilayotgan ulkan etibor tufayli sportchilarimiz erishayotgan yuqori natijalar nufuzli xalqaro sport tashkilotlari tomonidan etirof etilib, jahon sport reytingida mamlakatimiz o'rnini yanada mustahkamlamoqda. Dunyoning barcha qitalarida malum va mashhur bo'lgan Kurash sportining muxlislari esa tobora ortib bormoqda. Azaldan olijanoblik va halollik ramzi bo'lgan Kurash - tom manoda g'alabaga halol yo'l bilan erishish demakdir. Bu yo'lda esa qator masul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi majlislar zalida O'zbekiston Milliy antidoping agentligi va Xalqaro Kurash instituti o'rtasidagi o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

 

Tadbirda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov, Turizm va sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, Xalqaro Kurash instituti rektori Xabibullo Tadjiev, ZOOM platformasi orqali Xalqaro kurash associaciyasi (IKA) prezidenti Haydar Farmon bevosita kuzatib bordi. Qoleversa, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida mutasaddilar so'zga chiqishdi va o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

“Avvalo o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash borasidagi taklifingizdan minnatdormiz. O'zbek sporti bo'lgan kurashni Olimpiya o'yinlariga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar albatta o'z samarasini beradi. Bu yo'lda esa barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmog'imiz lozim. SHu o'rinda bizni kuzatib borayotgan xalqaro federaciyalarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar va sportchilar g'alabalarga dopingsiz, halol yo'l bilan erishishlariga tilakdoshman”, - dedi Nodirjon Tursunov.



Ushbu memorandum imzolanishidan ko'zlangan asosiy maqsad o'zbek sporti bo'lgan kurashni halol sport turi ekanligi, bu sport turida sportda taqiqlangan moddalarni istemol qilishga yo'l qo'ymaslik hamda bu borada murabbiy va sportchilarga tushuntirishlar berishga qaratilgan.

SHuningdek, “Kurash sportida Xalqaro antidoping qoidalariga amal qilish” mavzusiga bag'ishlangan I-Xalqaro antidoping onlayn seminari o'tkazildi. Mazkur seminarda IKA tarkibidagi 130 dan ziyod xalqaro kurash federaciyalari kurash murabbiylari hamda xalqaro ekspertlari ishtirok etishdi. Mazkur o'quv seminarda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi Antidoping talim dasturlari bo'limi boshlig'i Zebiniso Gazieva maruza qildi.


Milliy antidoping agentligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing