So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

23 sen 20:20
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy antidoping agentligi Qarshi OZK o'quvchilari uchun onlayn seminar o'tkazdi

Teglar :  Antidoping
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tashkil etilgan edi.

Ayni damda, mazkur agentlik tomonidan sport federaciyalari va klublari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga ko'maklashish, ularga sportda doping qo'llanilishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko'rsatish, talim dasturlarini amalga oshirish, sog'lom va halol sportning targ'iboti bo'yicha say-harakatlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 23 sentyabr kuni mazkur Agentlik xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi majlislar zalida Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji murabbiylari va o'quvchilari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Ushbu onlayn seminar jarayonida Milliy antidoping Agentligi mutaxassislari sportda doping qo'llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida faollik ko'rsatishlari lozimligiga alohida to'xtalib o'tishdi.

Seminar ishtirokchilari mutaxassislardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing