So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

28 sen 15:03
Yangiliklar

Kamondan otish

Milliy gvardiya qo'mondoni O'zbekiston kamondan otish federaciyasiga rais etib saylandi

Teglar :  Kamondan otish
Turizm va sport vazirligida O'zbekiston kamondan otish federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, Milliy gvardiya qo'mondoni, general-mayor R.Djuraev, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi R.SHoabduraxmonov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega bo'lgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.



Yig'ilishda aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning sport bilan shug'ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, kamondan otish sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini taminlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, bu borada aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi takidlandi.


SHu bilan birga, yig'ilishda so'zga chiqqanlar kamondan o'q otish sport turi - milliy sport turi ekanligini alohida takidlab, mazkur sport turiga qaratilayotgan etibor milliy qadriyatlarimizning tiklanishiga va bu orqali yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi, bu esa davlatimizning mazkur yo'nalishdagi islohotlarining bosh mezoni ekanligini aytib o'tishdi.

SHundan so'ng, kun tartibiga muvofiq, federaciya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so'ngra Kamondan otish federaciyasi raisi lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni R.Djuraev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi.


Yig'ilish so'ngida, yangi saylangan federaciya raisi bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 17 iyundagi Qarori talablari asosida kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

SHuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining qisqacha mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, asosiy etibor Parijda bo'lib o'tadigan olimpiada o'yinlariga licenziyalarni qo'lga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli o'rinlarni egallashiga erishishga qaratilishini takidladi.

Eslatib o'tamiz Milliy gvardiya qo'mondoni 2020 yilning sentyabr oyida O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo'l jangi federaciyasi raisi etib tayinlangan edi. SHuningdek, Milliy gvardiya qo'mondoni tashabbusi bilan joriy yilning avgust oyida Funkcional ko'pkurash federaciyasi faoliyati yo'lga qo'yildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing