So’nggi yangiliklar

19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0 18:24"Хабиб ва Исламни жуда яхши кўраман, лекин...". Кормье америкалик жангчиларнинг чемпионлик эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:56Жастин Гэтжи Илия Топурия билан эҳтимолий жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:28"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди 0 17:02Юнон-рум кураши бўйича U20 терма жамоамиз Минскдаги халқаро турнирда қатнашади 0 16:38PFL Dubai иштирокчилари эртанги турнир олдидан вазн ўлчаш маросимида қатнашишди 0 16:09Милан-Кортина-2026. Ўзбекистон делегациясининг очилиш маросимидаги байроқдори ким бўлиши эълон қилинди 0 15:46"Андижон" ва Хомяков. ФИФА мураббий фойдасига қарор чиқарди 0 15:20Расман. Алишер Ғаниев ва Айтжан Халмаханов PWL 11 турнирида қатнашади 0 14:53ИНТЕРВЬЮ. Конор билан кўришиш қанча? Макгрегорнинг спарринг-шериги жавоб беради 0 14:32"Реал" январда нега ҳеч ким билан шартнома тузмагани маълум бўлди 0 13:50Лос-Анжелес-2028 Олимпия ўйинларига саралаш тизими тасдиқланди 0 13:29Ўзбекистон делегациясининг Милан-Кортина-2026 қишки Олимпиадасида фойдаланадиган либослари намойиш этилди (ФОТО) 0 13:08Икарди тарихий ютуққа эришди 0

13 may 05:15
Yangiliklar

Kurash, Boshqalar

Milliy-madaniy merosimiz bo'lgan bel olish kurashi haqida nimalarni bilasiz?

Teglar :  KurashBel olish
Sobiq ittifoq davrida milliy-madaniy merosimizning bir bo'lagi bo'lgan milliy kurashlarimiz va ularni rivojlantirishga etarlicha etibor berilmagan.

Aksincha, uni avaylab-asrash o'rniga, reja asosida ko'zlangan maqsadlar yo'lida foydalanib kelindi. Natijada, bir necha asrlardan beri mavjud bo'lgan milliy kurash turlari qisqartirilib, hozirgacha ularning ikki turi bizgacha etib keldi. O'z vaqtida milliy kurash turlariga bunday munosabatlarga nisbatan pahlavonlar o'rtasidagi etirozlarga etibor berilmagan. Milliy kurashlarimiz qoidalarini ishlab chiqishda ham ularga boshqa kurash qoidalari tatbiq etildi. Natijada ular asta-sekinlik bilan milliylikdan uzoqlasha bordi. Biroq, o'sha davr talabiga ko'ra nafaqat o'zbek milliy kurashlari, balki boshqa millatlar kurash turlari ham yagona oila siyosatiga moslab rivojlantirilgan.

Agar manbalarga diqqat bilan etibor berilsa, sobiq ittifoq davrida kurash haqidagi qarashlar bir xil bo'lganligini ko'rish mumkin. SHunisi ajablanarliki, o'zbek kurashining ikki turi mavjud bo'lgan, degan fikr olg'a surilgan. Yani “Buxorocha kurash” va “Farg'onacha kurash” turlari deb nomlangan. O'sha davrlarda nima sababdan bunday nomlanganligini izohlashga imkon berilmagan. Masalaga ilmiy tomondan yondashadigan bo'lsak, o'zbeklarda qadimdan kurash turlari mutlaqo boshqacha bo'lgan. Bizga malumki jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan Abu Ali ibn Sino O'rta Osiyodan etishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri sifatida o'zining “Tib qonunlari” kitobida o'zbek milliy kurash turlari haqida aytib o'tgan. Ibn Sino yashagan O'rta Osiyo shaharlari va Eronning bir qancha shaharlarida mavjud bo'lgan qadimiy milliy kurash turlariga etibor beradigan bo'lsak, Ibn Sino nafaqat O'rta Osiyo kurashlarini, balki Eronning bir qancha kurash turlarini tahlil qilgan olim deyish mumkin.

Endi bel olish kurash tahliliga etibor beramiz: Bel olish kurashi O'zbekistonda qadimdan mavjud bo'lganligi haqida bayon qilingan. SHundan kelib chiqib ilmiy tomondan yondashadigan bo'lsak, o'zbeklarda qadimdan kurash turlari “Buxorocha kurash” yoki “Farg'onacha kurash” deb nomlanmagan. Agar haqiqatdan ham “Buxorocha kurash” va “Farg'onacha kurash” deb nomlangan bo'lsa, nima uchun Sobiq ittifoq davrida voha viloyatlarida bel olish kurash sport turidan tadbirlar o'tkazilmagan. O'ylab ko'rilsa yurtimizdan chiqqan buyuk alloma Ibn Sino bel olish kurash sport turini o'z davrining tahlilidan kelib chiqib qoidalarini ko'rsatib o'tgan bo'lsa, Sobiq ittifoq davrida esa faqatgina Farg'ona vodiysida bellashuv o'tkazilib nomini “Farg'onacha kurash” deb yuritilib kelindi.

O'zbekiston hududida, Xorazm va Qo'qon xonligi hamda Buxoro amirligida yashagan o'zbeklar orasida “Kurash” va “Olish” atamalari bo'lgan. O'sha davrda kurash turlarining nomlari har xil qo'llanilgan. Qadimiy manbalarda o'zbeklarning bir necha kurash turlari bo'lganligi aytib o'tilsa-da ularning nomlanishi umumiy nom bilan “kurash” deb yuritilib kelindi. Kurashning barcha turlarining qisqa manosi, bu –yiqitishdir. Olishning asl manosi esa kuch ishlatishdir.

Sobiq ittifoq davrlarida ham o'zbek kurashi turli soha olimlari, xususan, tarixchilar, arxeologlar tomonidan o'rganilsa-da, kurash turlarini nomlashda xatoliklarga yo'l qo'yishgan. Buning sababi, birinchidan, o'zga millat vakillari ananalarimizni, urf-odatlarimizni yaxshi tushunmaganligi bo'lsa, ikkinchidan, tariximizni mensimaslik, boshqa bir mafkurani xalqimiz ongiga singdirishdan iborat bo'lgan.

SHu o'rinda bir savol tug'iladi. O'zbek kurash turlarining nomlanishi va qoidalari qanday bo'lgan? Unga javob topish uchun yuzlab taniqli keksa pahlavonlarning so'zlarini tahlil qilishga to'g'ri keladi. Ularning aytishicha, o'zbeklarda qadimdan bir qancha kurash turlari bo'lib, ular kurash hadisiga, yani kurash ilmiga asosan nomlangan.

Kurash hadisini yaxshi bilgan keksa ajdodlarimiz amallarning nomlanishini quyidagicha tariflaydilar:

–ikki raqib bir-birining belidagi belbog'ini qo'yib yubormay, oyog'idan chalmay, biron-bir amalga tayangan holda jismoniy kuch ishlatib uni ko'tarib tashlab, elkasini erga tekkizish “Bel olish kurash”;

–ikki raqib bir-birining belidagi belbog'ini qo'yib yubormay, oyog'idan chalib yoki chalmay biron-bir amalga tayangan holda jismoniy kuch ishlatib elkasini erga tekkizish “Bel olish kurash”;

–ikki raqib bir-birining belidagi belbog'idan ushlab, faqat bir qo'lni qo'yib yuborib, bir qo'l panjasi bilan belbog'dan ushlab biron-bir amalga tayangan holda jismoniy kuch ishlatib elkasini erga tekkizishlarning barchasi “Bel olish kurashi” turlaridir.

“Ikki kurashuvchining har biri raqibini belbog'idan ushlab o'ziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o'z raqibidan qutulishning chorasini ko'radi. Ikkinchisi uni qo'yib yubormaslikka harakat qiladi” bu bel olish kurashining asosidir.

Belga zo'riqish kamroq bo'lgan bir qancha yo'nalishni o'zida mujassamlashtirgan tur kurash deyiladi. Unda amallarni bajarishda beldagi belbog'dan ushlamay tashlanish, shuningdek, beldagi belbog'ni bir qo'l bilan yoki ikki qo'l bilan ushlab chalib yoki chalmay hamda beldan quchoqlab jismoniy kuch ishlatib ko'tarib tashlash kabi bir qancha yo'nalishlarni o'zida mujassamlashtirgan turni o'zbeklar kurash hadisiga asoslanib birgina ibora bilan “Kurash” deydilar.

Kezi kelgach shuni takidlash joizki turkiy qavmlar ichida faqat o'zbeklarda kurash hadisi kitobi bo'lganligi ahamiyatga molik. Malumot o'rnida 1959 yil O'zbekiston SSR Soveti huzuridagi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi tomonidan sport jamoalariga yordam sifatida o'zbek va rus tillarida “Kurash” deb nomlangan qoidalar kitobi nashr etilgan.

Ajdodlarimizning kurash hadisi tahlili bo'yicha bel olish kurashini aniq ravshan ifodalab berganligiga qarab, milliy-madaniy merosimizni qadimiy manbalardan qidirib topish, ularni saqlash, o'rganish, muhofaza etish biz avlodlarning muqaddas burchimizdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing