So’nggi yangiliklar

14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0

27 jan 10:11
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Milliy Olimpiya Qo'mitalari Associaciyasi Prezidenti Ahmadjonovni tabrikladi

Milliy Olimpiya Qo'mitalari Associaciyasi va Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti shayx Ahmad al-Fahad Al Saboh O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yo'lladi. Tabriknomada jumladan shunday deyiladi:

O'zbekiston MOQ Prezidenti 

Janob Umid Axmadjonovga 

Hurmatli do'stim va hamkasbim, 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidentligiga saylanganligingiz munosabati bilan mening eng samimiy tabriklarimni qabul qilishingizni so'rayman. 

Ishonchim komilki, sizning bilim va zehningiz nafaqat O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga, balki butun o'zbek sportiga foydali bo'ladi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi allaqachon Osiyo qitasida Olimpiya harakatini rivojlantirish va ilgari surish masalasida Osiyo Olimpiya Kengashining eng yaqin hamkori, tarafdori bo'lib ulgurgan. 

Ishonamanki sizning ushbu lavozimga tayinlanishingiz do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi. Masuliyatli lavozimda sizga eng yaxshi tilaklarimni izhor qilaman va Osiyo Olimpiya Kengashining doimiy madadi va do'stligiga ishonishingiz mumkinligini bildiraman. 

Eng samimiy tilaklar bilan, 

SHayx Ahmad Al-Faxad Al-Sabox 

Milliy olimpiya qo'mitalari associaciyasi va 

Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing