08 iyu 18:35
Yangiliklar
Boshqalar
Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Facebook'da o'z sahifasini ochdi
Bugungi kunda ko'pgina siyosiy arboblar, mashhurlar, amaldorlar xalq bilan yaqin bo'lish, ro'y berayotgan voqeliklar bilan yaqindan tanishib borish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifalariga egalar.
Xabar berib o'tganimizdek, kecha Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ochilgandi. Bugun esa Facebook'da uning rasmiy sahifasi ishga tushdi.
Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari u erdagi ilk postini yozar ekan, ushbu sahifa sport muxlislari, sport oilasi vakillari uchun o'ziga xos axborot maydoni bo'lishiga umid qilishini malum qildi.
Ushbu HAVOLAGA O'TISH orqali MOQ rahbarining sahifasiga obuna bo'lishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar