So’nggi yangiliklar

20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0 18:32UFC Макао. Co main event жанги тўлиқ давом этди 0 17:56Муслим Салиховнинг UFC Макао турниридаги жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 17:25Богдан Гусковнинг собиқ рақиби Волкан Оздемир UFC Макаода жанг қилди 0 17:09Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти" 0 16:30Эдди Хирн катта жанг ваъда қилди 0 15:58Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0

12 dek 09:42
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy olimpiya qo'mitasi sport sohasida yilning eng yaxshilarini aniqlamoqda

2018 yil o'zbek sporti uchun har tomonlama muvaffaqiyatli bo'ldi.

Sportchilarimiz Indoneziyada o'tkazilgan XVIII Osiyo o'yinlarida, shuningdek, Argentinadagi III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida medallar soni bo'yicha ham, sifati bo'yicha ham rekordlarni yangilashdi.

Yil yakunlangani sari, har bir sohada erishilgan yutuqlar, kamchiliklar sarhisob qilinadi, eng yaxshilar etirof etiladi. SHu jumladan sport sohasida ham. SHu maqsadda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan muxlislar o'rtasida so'rovnoma tashkil etilmoqda. Unga ko'ra, olympic.uz sayti, saytning ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilari yilning eng yaxshi sportchilari va murabbiyini aniqlashlari mumkin bo'ladi.

Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan so'rovnomada eng yaxshi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati:

«Yilning eng yaxshi erkak sportchisi»:


Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)

Abdurahmonov yil davomida Osiyo o'yinlarida oltin medal, jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi. «Oltin Mangust-2018» mukofoti sohibi.


Vadim Menkov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Tajribali Vadim Osiyo o'yinlarida yurtimiz hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ydi. Endi u Osiyo o'yinlarida to'rt karra chempion bo'lgan o'zbekistonlik yagona sportchiga aylandi.


Denis Istomin (tennis)

O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Indoneziyada o'zining azaliy orzusiga erishdi va Osiyo o'yinlarida O'zbekiston uchun oltin medalni taqdim etdi. Ushbu natija orqali Denis O'zbekistonlik sportchilar ichida birinchi bo'lib Tokio 2020 Olimpiadasi licenziyasiga ega bo'ldi.


Akbar Jo'raev (og'ir atletika)

Akbar yosh bo'lishiga qaramay Turkmaniston mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi. SHuningdek, yoshlar o'rtasidagi jahon va Osiyo chempionatlarida ham shohsupaga ko'tarildi.


Diyorbek O'rozboev (dzyudo)

O'rozboev Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ydi, Toshkentda o'tkazilgan Gran-Prida kumush medalga sazovor bo'ldi.


Elmurat Tasmuradov (yunon-rum kurashi)

Elmurat Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag'lub etgan holda oltin medal sohibiga aylandi, Budapeshtda bo'lib o'tgan jahon chempionatida esa finalgacha etib bordi va kumush medalga sazovor bo'ldi.


Isroil Madrimov (boks)

Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida delegaciyamiz bayroqdori vazifasini bajargan Isroil yakunda oltin medalni qo'lga kiritdi, bir necha kun oldin u professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi va debyut jangidayoq g'alaba qozonib, WBA Intercontinental kamari sohibiga aylandi.


Nikita Rafalovich (taekvondo)

Nikita Jakartadagi Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, Osiyo chempionatida ham tengsiz bo'ldi, qolaversa yil davomida o'tkazilgan Gran-Pri turnirlari sovrindoriga aylandi.

 


Eng yaxshi ayol sportchi:


Nadiya Dusanova (engil atletika)

Dusanova balandlikka sakrash bo'yicha nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib keldi. Indoneziyadagi o'yinlarda esa jamoadoshi Radzivilga so'nggi pallagacha qarshilik ko'rsatdi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.


Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi)

Jahon gimnastikasi afsonasi yil davomida nufuzli musobaqalarda sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. Osiyo o'yinlarida esa kumush medalga sazovor bo'ldi.


Svetlana Radzivil (engil atletika)

Uzoq tanaffusdan so'ng yana sportga qaytdi va Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida rekord o'rnatib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu Radzivil uchun Osiyo o'yinlaridagi uchinchi oltin medal edi.


Gulnor Sulaymonova (kurash)

Kurashchilarimiz Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz reytingini yaxshigina ko'tarib berishdi. Bunda qizlar terma jamoasi azosi Gulnor Sulaymonovaning ham hissasi katta.


Sabina Tashkenbaeva (badiiy gimnastika)

Bugungi kunda badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli sportchisiga aylanib ulgurdi. Osiyo o'yinlarida yakkalik bahslarida ham, jamoaviy bahslarda ham kumush medalga sazovor bo'ldi. SHuningdek, jahon kubogidagi kumush medal, Osiyo chempionatining oltin medali ham sportchining ushbu yo'nalishda g'olib bo'lish imkoniyatlarini oshirishi shubhasiz.


Dilnoza Rahmatova (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Osiyo o'yinlarida Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoamiz uchun muhim bo'lgan medallarni taqdim eta oldi. Dilnoza Indoneziyada juftlik bahslarida kumush, yakkalikda esa bronza medali egasiga aylandi.

 


Yilning eng yaxshi yosh sportchisi:


Gulbahor Fayzieva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Argentinada o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari g'olibasi. Qayd etish lozimki, Fayzieva sportning ushbu turi bilan shug'ullanishni boshlaganiga ikki yil bo'ldi.


Ulug'bek Rashitov (taekvondo)

O'smirlar Olimpiadasining kumush medali sohibi. SHuningdek, yil davomida bir qator xalqaro turnirlarda shohsupadan o'rin oldi.


Kumushxon Fayzullaeva (og'ir atletika)

Kumushxon Argentina Olimpiadasida terma jamoamiz uchun muhim bo'lgan oltin medalga ega chiqdi. SHuningdek, Toshkentda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin oldi va og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatlarida g'olib bo'lgan ilk o'zbekistonlik qiz sportchi bo'ldi. Osiyo chempionatida ham g'alabani tantana qildi.


Abdumalik Xalakov (boks)

Istedodli bokschimiz Argentinagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida barcha raqiblarini mag'lub etgan holda, oltin medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, yoshlar o'rtasidagi jahon va Osiyo chempionatlarida ham bokschimizni xech kim mag'lub eta olmadi.


Madina Mannopova (taekvondo)

Madina yosh bo'lishiga qaramay Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida kattalar o'rtasidagi bahslarda finalgacha etib bordi va kumush medal sohibasiga aylandi. Qolaversa, bir necha xalqaro turnirlarda sovrindor bo'ldi.

 


«Yilning eng yaxshi murabbiyi»:


Rizomat Soliev (kurash)

Kurash bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi murabbiyi. Yigitlarimiz Jakartadagi Osiyo o'yinlarida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar.


Ravshan Haydarov (futbol)

Ravshan Haydarov qo'l ostida O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.


Ekaterina Zarkova (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi murabbiyi. Zarkova va uning shogirdi Gulbahor Fayzieva Argentinadagi o'smirlar Olimpiya o'yinlaridan oltin medal bilan qaytishdi. SHuningdek, murabbiy qo'l ostida sportchilar jahon va Osiyo chempionati, Osiyo o'yinlarida sovrindorlar qatoridan o'rin olishdi.


Marat Qurbonov (boks)

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. Osiyo o'yinlarida bokschilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega chiqdilar.


Farhod To'raev (dzyudo)

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi. Dzyudochilarimiz Osiyo o'yinlarida 1 ta oltin, 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar. SHuningdek, Toshkentda o'tkazilgan Gran-Pri turnirida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Milliy olimpiya qo'mitasining saytida tashkil qilingan so'rovnomada ishtirok eting va o'zingiz munosib ko'rgan nomzodga ovoz bering. Sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ovoz berish jarayoni 20 dekabrga qadar www.olympic.uz saytining bosh sahifasida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing