28 avg 18:33
Yangiliklar
Dzyudo
Lausanne Grand Slam. Samariddin va So'g'diyona final blokida bronza medali uchun tatamiga chiqadi
SHveycariyaning Lozzana shahrida o'tkazilayotgan Lausanne Grand Slam 2026 turnirining birinchi kungi saralash bahslari yakuniga etib, kechki final dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi.
Biz uchun ahamiyatlisi, O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili ham final bloki bellashuvlarida ishtirok etadi. Samariddin Qo'chqorov (-60 kg) va So'g'diyona Rafkatova (-52 kg) o'tish bahslarida raqiblarini mag'lub etib, final dasturida bronza medali uchun kurashish imkonini qo'lga kiritishdi.
Samariddin ukrainalik Dilshot Xalmatovni, So'g'diyona esa rossiyalik Liliya Nugaevani taslim eta oldi.
Bronza medali uchun bahs:
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova – Rafaela Rodriges (Braziliya)
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov – SHerzod Davlatov (Qozog'iston)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar