So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

05 sen 17:17
Yangiliklar

Eshkak eshish, Boshqalar

Milliy olimpiya qo'mitasining sobiq prezidenti O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasi raisi lavozimiga saylandi

Bugun ZOOM platformasida O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasining navbatdan tashqari onlayn hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Bu haqida Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va Energetika vazirligi rahbariyati, Rowing&Canoe federaciyasi Ijroqo'm azolari va murabbiylar ishtirok etishdi. Tadbirda kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala federaciya raisi Ahmedov Xudoyor Mamajonovichning o'z xohishiga ko'ra lavozimidan bo'shash to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqish, X.Ahmedov o'rniga yangi rahbar va unga o'rinbosarlar saylash, Ijroqo'm tarkibini qayta ko'rib chiqish bo'ldi.

Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan X.Ahmedovning arizasini qabul qilishdi. O'z o'rnida Xudoyor Mamajanovich salomatligi bois federaciya faoliyatini boshqarishga vaqt ajrata olmayotgani, ortda qolgan 2 yildan ko'proq vaqt davomida olib borilgan hamjihatlikdagi ish uchun tashakkur aytib o'tdi. SHundan so'ng federaciya raisligiga O'zbekiston energetika vaziri Sultanov Alisher Saidabbasovich nomzodi qo'yildi. Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan A.Sultanov nomzodini qabul qilishdi va Alisher Saidabbasovich O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasining yangi raisi etib saylandi.

Malumot uchun, Sultanov Alisher Saidabbasovich 1967 yil 29 noyabr kuni tug'ilgan. O'zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultanov sport oilasiga begona emas. Bu inson 2017 yanvar – 2018 yanvar davri mobaynida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, keyinchalik 2018 yil dekabr oyigacha Qo'mita vice-prezidenti lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida o'zbek futboliga, xususan ayollar futbolini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan. SHuningdek, malum muddat O'zbekiston shaxmat federaciyasini boshqargan. Uzoq yillar davomida “O'zbekneftgaz” boshqaruvida faoliyat olib borgan. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. 

“Alisher Sultanov bilan vaqtida samarali faoliyat olib borganmiz. 2017 yil Ashxobodda o'tgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, shu yil Bokuda Islom birdamligi o'yinlarida delegaciyamizga boshchilik qilgan va mamlakatimiz ushbu musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan edi. Ishonamanki, Alisher Saidabbasovich mazkur federaciya boshqaruvi uchun munosib nomzod”, – dedi MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov.

SHuningdek, Qurbonov SHuhrat To'raevich federaciya rahbarining o'rinbosari bo'ldi. Tadbir davomida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Hurmatli tadbir ishtirokchilari, avvalo, barchangizni Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Bugungi pandemiya davrida barchangizga salomatlik tilab qolaman. Muhtaram Prezidentimiz aytganidek, bu virus juda ayyor. O'zingizni asrang. Biz Xudoyor Mamajanovichning faoliyatidan mamnunmiz. Ushbu sport turini yanada rivojlantirish yo'lida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan faoliyat olib bordik. Ortda qolgan davrda Xudoyor Ahmedovning qilgan mehnati uchun tashakkur aytamiz. Asosiysi, u bizdan uzoqqa ketgani yo'q. Bu inson Samarqanddagi kanalning qurilishiga masullardan biri. Rowing&Canoe federaciyasi vakillari, bugun Sizlarga yaxshi rahbar saylandi. Ulkan tajribaga ega bo'lgan mutaxassis bilan birga ishlaymiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHundan so'ng federaciya Ijroiya qo'mitasi va prezidiumiga kiruvchi rasmiylar tarkibini shakllantirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing