So’nggi yangiliklar

18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0

14 sen 08:05
Yangiliklar

Boshqalar

Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) hisobot yig'ilishining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  AntidopingRADOCA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi "Mamuriy islohotlar doirasida O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ–149-sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror bilan Agentlikka qator vazifalar yuklatilgan.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi mezbonligida joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) hisobot yig'ilishi mezbonligi mamlakatimizga ishonib topshirilgan edi.

Kecha mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda, Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov kirish so'zi bilan tadbirni ochib berdi. O'zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov yig'ilish ishtirokchilariga mamlakatimizda ko'rib turganidan bag'oyat xursand ekanligini bildirdi.

SHuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) bosh menejeri E.Lukotsiutelar ham so'zga chiqib, tadbir yuzasidan iliq fikrlar bildirishdi. SHundan so'ng esdalik uchun suratga tushish marosimi bo'lib o'tdi va sessiya o'z ishini boshladi.

Bir vaqtning o'zida O'zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari va Qozog'iston hamda Mo'g'ulistondan tashrif buyurgan xodimlarga Butunjahon antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan trening mashg'uloti ham o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing