08 dek 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirazizbek Mirzaxalilov ortiqcha qiyinchiliksiz Osiyo chempionati finali masalasini hal qildi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Musobaqada bugun yarim final bahslari o'tkazilmoqda. Bahslarda -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov yarim finalda Filippin vakili Ian Klark Bautistaga qarshi ringga ko'tarildi.
3 raundlik bellashuv to'liq davom etdi. Yakunda Mirzahalilov filippinlik raqibi ustidan 5:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Final jangi 11 dekabr kuni o'tkaziladi. O'sha kuni Mirazizbekga oltin medal yo'lida qozog'istonlik Orazbek Assilkulov raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar