So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

11 fev 14:19
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov: "To'ydan oldin nog'ora chalmaylik"

Teglar :  AGMKQosimovIstiqlol
OCHL pley-off bosqichidan o'rin olgan AGMK - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Jasur Hasanov ishtirok etdi.

"Xudo xohlasa ertaga AGMK jamoamiz uchun yangi mavsum boshlanmoqda. Fursatdan foydalanib "Paxtakor" jamoasiga omad tilab qolaman. Keyinroq "Lokomotiv" klubiga ham omad yor bo'lishini tilayman. Ertaga yaxshi niyat bilan maydonga tushamiz. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Bitta muammo - mavsum boshida ekanligimiz. Raqibni hurmat qilamiz, ammo maydonga g'alaba uchun tushamiz", - dedi Mirjalol Qosimov.


"Tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Ertaga qiyin o'yin kutib turibdi. "Istiqlol" bilan uchrashuvga 100 foiz tayyormiz. Muxlislarga g'alaba taqdim etishga harakat qilamiz", - dedi Jasur Hasanov.


- Ikkala jamoaga ham yangi murabbiy va yangi futbolchilar kelgan. Bundan tashqari mavsum boshi. SHunday holatda g'alaba qozonishda nima muhim rol o'ynaydi deb o'ylaysiz?

- Maydonga katta ishtiyoq bilan tushish kerak. Yangi jamoa bo'lgani uchun chiziqlar o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatishga urindik. Jamoaviy o'yin bo'lganidan keyin bir birini yaxshi tushunib harakat qilish lozim. O'rtoqlik o'yinlarida tarkibni o'zgartirib ham turdik. Jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yish uchun 10 kun yoki bir oy etarli emas.

- Legioner haqida fikrlaringiz qanday?

- Hozircha ular to'liq tayyor emas. Bundan tashqari bir legionerimiz jarohat olib qoldi. Hali mavsum uzoq davom etadi. SHu bois yaqin orada ularning foydasi tegadi. Ular jamoaga moslashib ketishlari lozim.

- "Istiqlol" haqida qanday fikrdasiz?

- Jamoaning mavsumoldi yig'inlardagi o'yinlarini ko'rdik. Ammo videoda ko'rish boshqa, maydonda ko'rish boshqa. Barchasi ertaga maydonda ko'ramiz.

- AGMK tayyorgarlik doirasida mashg'ulotlarni turli stadionlarda o'tkazdi. Futbolchilarning kayfiyati qanday?

Jasur Hasanov: Barchaning kayfiyati ajoyib. Xorijda, Dubayda yig'in o'tkazdik. Yigitlar bilan bo'lajak bahslarga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

- Tarkibga ko'plab yangi futbolchilar taklif etildi. Ammo tan olish kerak o'zini ortidan ergashtira oladigan futbolchi yo'q. AGMK yangi mavsumda "Lokomotiv" va "Paxtakor" kabi klublarga raqobat qila oldimi?

- Agar Messi bo'lganida boshqa gap edi (kuladi). Tarkib imkon qadar kuchaytirildi. Ammo selekciya ishlari butun mavsum davomida kechadi.

- "Istiqlol"ni hurmat qilgan holda keyingi raqibni o'rganish ishlari boshlandimi?

- Har qanday raqibni hurmat qilish kerak. Mening principim shunday: Dastlab birinchi zinaga chiqish, undan keyin ikkinchi zinaga chiqish. SHunday ekan hozir bu haqida gapirishga biroz erta.

- Siz O'zbekistonda 5ta klub safida OCHLda o'ynagan yagona futbolchiga aylandingiz. Tajribali futbolchi sifatida jamoada etakchilikni qo'lga olishga tayyormisiz?

Jasur Hasanov: Albatta bundan xursandman. "Bunyodkor" safida bir necha yillar davomida OCHLda o'ynab tajriba to'plaganman. SHunday ekan boshqalardan katta futbolchi sifatida yoshlarga yordam berishga tayyorman.

- Olmaliq kon metallurgiya kombinati rahbariyati va olmaliqlik muxlislarga qanday tilaklarni bildirasiz?

- Avvalo rahbariyatga rahmat aytaman. Bizga sharoitlarni yaratib berishganiga yigitlar nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman. Muxlislarga esa stadionga kelib bizni qo'llab turishlarini so'rab qolaman. Moskva ham bir kunda qurilmagan. AGMKni kuchli jamoaga aylantirishga harakat qilamiz.

- Siz faoliyatingiz davomida ko'plab futbolchilarni kashf qilgansiz. AGMKda ham shunday yashirin qurol bormi?

- To'ydan oldin nog'ora chalmaylik. Tarkibda ko'plab yoshlar bor, agar o'zini ko'rsata oladigan yoshlar etishib chiqsa albatta xursand bo'laman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing