19 avg 07:01
Yangiliklar
Futbol
Ashurmatov va Hamrobekov to'liq o'ynadi, Masharipov zaxirada qoldi
Eron chempionatining 2-turidan o'rin olgan bir nechta uchrashuv bo'lib o'tdi.
“Traktor” “Sepaxon” mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobidagi g'alaba bilan uyga qaytdi. “Traktor” safidagi O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov bahsni asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvda to'liq ishtirok etdi.
“Sepaxon” - “Trakor” 0:2
Gollar: Hussaynzoda 83, 90+1.
Tarkibida Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov bo'lgan “Istiqlol” ham safarda g'alabaga erishdi. Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda boshlab, bahsni to'liq o'tkazgan bo'lsa Masharipov zaxirada qoldirildi.
“Nassaji Mazandaran” - “Istiqlol” 0:1
Gol: Ozodi 86.

Havola :
Fikrlar