02 apr 06:21
Yangiliklar
Futbol

MLS. Sobiq MYU futbolchilari jamoalariga g'alaba olib kelishdi
Amerika futbol ligasi, yani MLSning SHarqiy va G'arbiy konferenciyasida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Avvaliga Ueyn Runi harakat qilayotgan “DS Yunayted” klubi safarda “Orlando Siti” ustidan g'alaba (1:2) qozongan bo'lsa, keyin 37 yoshli Zlatan Ibragimovich o'ynayotgan “Los-Andjeles Gelaksi” jamoasi o'z uyida “Portlend Timbers”ni taslim(2:1) etdi. Mazkur bahslar so'zsiz Runi hamda Zlatanning benefisiga aylanib ketdi.
Sababi, angliyalik 33 yoshli futbolchi o'tkir burchakdan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirgan holda “DS Yunayted”ning g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. SHveciyalik forvard esa 2ta penaltini darvozaga aniq yo'llab, jamoasiga uch ochko taqdim etdi. Qayd etish joizki, Zlatan 11 metrlik nuqtadan amalga oshirgan zarbalaridan birini Panenka uslubida bajardi.
Havola :
Fikrlar