08 may 21:30
Yangiliklar
Tennis

Mo'jiza ro'y bermadi, Istomin Madrid “Masters”ida yutqazdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniya poytaxti Madrid shahrida davom etayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning asosiy to'rida mag'lubiyatga uchradi.
Turnirning sovrin jamg'armasi 6 408 230 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra asosiy to'rning ilk davrasida Tomash Berdixga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda Berdix 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 85, chexiyalik tennischi 14-o'rinni egallab turibdi. SHu kungacha ikki tennischi o'zaro 5 marotaba to'qnash kelishgan va bu bahslarning barchasida Berdix g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar