18 fev 07:48
Yangiliklar
Tennis

Monfis Rotterdamda tengsiz bo'ldi
Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilgan turnir franciyalik Gael Monfisning g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 33-raketkasi bo'lib turgan Monfis ABN AMRO World Tennis Tournament musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 68-pog'onasidan joy olgan shveycariyalik Sten Vavrinkadan 6/3, 1/6, 6/2 hisobida ustun keldi.
Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob kechagi bahsdan so'ng tenglashdi - 3:3. Rotterdamdagi muvaffaqiyatli ishtirok Monfisga 405 030 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu Gael uchun faoliyatidagi sakkizinchi ATP sovrini bo'ldi.
Havola :
Fikrlar