07 mar 12:19
Yangiliklar
Tennis

Gael Monfis Indian-Uellsda muvaffaqiyatli start oldi
AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 13 million dollarni tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.
Franciyalik tajribali tennischi Gael Monfis ilk davrada germaniyalik Yan-Lennard SHtruffni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lub etdi - 6:4, 6:4. Sakson besh daqiqalik uchrashuvda Monfis 7, SHtruff 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Endi 37 yoshli Monfis ikkinchi davrada amerikalik Sebastyan Kordaga qarshi kortga chiqadi. 16 martga qadar davom etadigan musobaqaning amaldagi chempioni ispaniyalik Karlos Alkaras hisoblanadi. U o'tgan yilgi finalda rossiyalik Daniil Medvedevdan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar