10 jan 14:51
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Gael Monfis ASB Classic finalida o'ynaydi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etib bormoqda.  
			Dunyoning 52-raketkasi bo'lib turgan Gael Monfis musobaqaning finaliga yo'l oldi. Franciyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 133-pog'onada borayotgan amerikalik Nishesh Basavareddini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 6/4.
Tajribali Gael tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi. Bir yuz sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Monfis 7, Basavareddi 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi u bosh sovrin uchun belgiyalik Zizu Bergsga qarshi kortga chiqadi. Zizu 1/2 finalda portugaliyalik Nunu Borgeshdan 6/2, 3/6, 7/5 hisobida ustun keldi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar