24 may 08:09
Yangiliklar
Ishtirokini omadsiz boshlagan Sindarov Chess Classic Romania 2026`ni sovrindor sifatida yakunladi
Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin uchun kurash olib bordi. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor edi. Hamyurtimiz so'nggi 9-turda oq donalarda amerikalik Uesli So bilan durang o'ynadi. Turnirni omadsiz boshlagan hamyurtimiz ketma-ket ikki g'alaba evaziga yakunda sovrinli 3-o'rinni egalladi.

Musobaqa g'olibligi Javohirga yutqazgan germaniyalik Vinsent Keymerga nasib etdi. U so'nggi turda oq donalarda niderlandiyalik Yorden van Forestni mag'lubiyatga uchratdi va yakka peshqadam sifatida musobaqa chempioniga aylandi. Ikkinchi o'rin Fabiano Karuanaga nasib etdi. Javohir Sindarov va Uesli So uchinchi o'rinni o'zaro bo'lishib olishdi.

Javohir Sindarov musobaqadagi ishtirokidan 42 500 AQSH dollari ishlab oldi. CHempion Vinsent Keymer kafolatlangan 100 000 dollar va qo'shimchasiga 31 000 dollar bonusga ega bo'ldi. Ikkinchi o'rin sohibi 65 000 dollarga ega chiqdi.


Fikrlar