10 fev 08:42
Yangiliklar
Tennis

Monpele (ATP): Yarim final juftliklari malum
Franciyaning Monpele shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 540 000 evroni tashkil qiluvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Bugun Open Sud de France musobaqasining yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Turnirning birinchi raketkasi belgiyalik David Goffen chorak finalda rossiyalik Karen Xachanovni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Lyuka Pui hamyurti Benua Perdan 6:1, 6:4 hisobida ustun keldi. Uchinchi raketka franciyalik Jo-Vilfred Tsonga esa Bosniya va Gercegovina vakili Damir Jumxurni 6:4, 6:2 hisobida engdi.
Yarim final (bugun):
David Goffen (Belgiya, 1) – Rishar Gaske (Franciya, 5)
Jo-Vilfrid Tsonga (Franciya, 3) – Lyuka Pui (Franciya, 2/WC)
Havola :
Fikrlar