14 avg 07:50
Yangiliklar
Tennis

Monreal. Zverev finalda Federerning g'alabali seriyasiga barham berdi
Kanadaning Monreal shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi Kanada Ochiq chempionati yakunlandi.
Rogers Cup turnirining sovrin jamg'armasi 4 million 662 ming 300 dollarni tashkil qildi. G'oliblik uchun asosiy davogar hisoblangan Rojer Federer final uchrashuvida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 8 daqiqa davom etgan final bahsida Zverev 6:3, 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Bu germaniyalik tennischi uchun joriy yil hisobidan beshinchi, faoliyatidagi oltinchi titul bo'ldi.
Monrealdagi muvaffaqiyat Zverevga 894 ming 585 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. Federerning esa 16 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi barham topdi.
Havola :
Fikrlar