17 apr 07:39
Yangiliklar
Tennis
Monte-Carlo Masters. Jokovich qiyini g'alaba bilan boshladi
Jahoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Monte-Karloda davom etayotgan turnirni g'alaba bilan boshladi.
Serbiyalik tennischi ikkinchi davrada germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan uchrashuvda Novak raqibini 6:3, 4:6, 6:4 hisobida taslim etdi.
Endi Jokovich Rolex Monte-Carlo Masters turnirining uchinchi davrasida amerikalik Teylor Fritc hamda argentinalik Diego SHvarcman uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar