21 apr 13:57
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo “Masters”. CHilich yaponiyalik tennischiga yutqazib qo'ydi
Franciyaning Monte-Karlo shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qiladi. Dunyoning uchinchi raketkasi Marin CHilich yarim finalga chiqa olmadi. U chorak final uchrashuvida yaponiyalik Kei Nishikoriga yutqazib qo'ydi.
Ikki soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan Kunchiqar yurt vakili 6:4, 6:7(1), 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Endi Kei yarim final uchrashuvida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar