20 apr 12:28
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo “Masters”. Grunt qiroli 14-marotaba chorak finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Franciyaning Monte-Karlo shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qiladi. Dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal o'z faoliyatida 14-bor ushbu turnirning chorak finalida ishtirok etadi.
Ispaniyalik tennis yulduzi nimchorak final uchrashuvida rossiyalik Karen Xachanovni mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nadal raqibidan 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi. Endi u chorak finalda avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar