14 apr 08:59
Yangiliklar
Tennis
Monte Karlo “Masters”. Istomin bugun saralashda kortga chiqadi
Bugun Franciyaning Monte-Karlo shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning saralash bahslari boshlanadi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qiladi. Turnirning birinchi raketkasi sifatida ispaniyalik Rafael Nadal qayd etilgan. U o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi.
Monte-Karlo “Masters” turnirida hamyurtimiz Denis Istomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk davrasida ispaniyalik Marsel Granolersga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ayni paytda dunyo reytingida 83, Granolers esa 129-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan. Bir uchrashuvda Istomin, ikkinchisida Marsel g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar