23 apr 08:09
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo “Masters”. Kutilganidek Nadal chempion!
Franciyaning Monte-Karlo shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qildi. Hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Rafael Nadal yaponiyalik Kei Nisikoriga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 34 daqiqa davom etgan uchrashuvda kutilganidek dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Nadal 6:3, 6:2 hisobida ustun kelib, bosh mukofot sohibiga aylandi. Rafael Monte-Karlo turniri tarixidagi 11-sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar