23 apr 10:19
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo “Masters”. Nadal salkam 1 million evro ishlab oldi
Xabar berganimizdek, kecha oqshom Franciyaning Monte-Karlo shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qilgan musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Rafael Nadal yaponiyalik Kei Nisikorini 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylanadi.
Rafael Monte-Karlo turniri tarixidagi 11-sovrinini qo'lga kiritish barobarida 935 385 evro mukofot puliga ham ega bo'ldi. O'z hisobiga qimmatli 1000 reyting ochkosini qo'shib qo'ydi. Bu uning faoliyatidagi 76-sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar