21 apr 10:10
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo “Masters”. Zverev mezbonlar vakilidan ustun keldi
Franciyaning Monte-Karlo shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qiladi. Dunyoning to'rtinchi raketkasi Aleksandr Zverev musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi. Germaniyalik tennischi franciyalik Rishar Gaskeni mag'lub etdi.
Ikki soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev dunyoning 34-raketkasi bo'lib turgan Gaskedan 4:6, 6:2, 7:5 hisobida ustun keldi. Endi Zverev final chiptasi uchun yaponiyalik Kei Nishikoriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar