24 sen 09:28
Yangiliklar
Tennis
Moselle Open. Jil Simon bosh sovrinni begona qilmadi
Dunyoning 39-raketkasi Jil Simon o'z vatani Franciyada o'tgan turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
U Metc shahri mezbonlik qilgan turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 166-o'rinni egallab turgan germaniyalik Mattias Baxingerga qarshi kortga chiqadi. Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Simon 7/6(2), 6/1 hisobida zafar quchdi.
Jil shu kungacha o'zaro o'tkazilgan uchta uchrashuvning barchasida g'alabaga erishgan. Moselle Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Simonga 89 435 evro pul mukofoti hamda 250 reyting ochkosini keltirdi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 14-tituli bo'ldi.
Havola :
Fikrlar