23 okt 15:45
Yangiliklar
Tennis

Moskva (ATP). Finalda Fonini va Karreno-Busta o'ynaydi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Kreml Kubogi”ning erkaklar o'rtasidagi musobaqasida finalchilar malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 792 645 dollarni tashkil qiluvchi turnirning yarim finalida turnirning uchinchi raketasi, germaniyalik Filipp Kolshrayber kutilmaganda italiyalik Fabio Foniniga 1:6, 6:7(2) hisobida yutqazib qo'ydi.
Ikkinchi yarim final juftligida ispaniyalik Pablo Karreno-Busta franciyalik Stefan Roberdan 6:3, 7:6(3) hisobida ustun keldi.
1/2 FINAL:
Fabio Fonini (Italiya) – Filipp Kolshrayber (Germaniya, 3) – 6:1, 7:6 (2)
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 6) - Stefan Rober (Franciya) – 6:3, 7:6 (3)
Havola :
Fikrlar