16 okt 10:21
Yangiliklar
Tennis
Moskva. Bugun Istomin kortga chiqadi, uning raqibi o'zgargan
Moskva shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ""VTB Kremlin Cup" musobaqasi boshlandi.
Bahslarda O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik. Qura natijalariga ko'ra hamyurtimiz birinchi bosqichda franciyalik Jeremi SHardiga qarshi o'yin o'tkazishi lozim edi. Ammo SHardi jarohat sabab kortga chiqa olmaydigan bo'ldi.
Uning o'rniga Istomin bugun litvalik Richardas Berankisga qarshi o'yin o'tkazadi.
Malumot uchun, Istomin jahon reytingida 89, Berankis esa 107-o'rinni egallab turibdi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:00dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar