22 iyu 13:08
Yangiliklar
Tennis
Moskva turniri. Sabina juftlikda chorak finalga chiqdi
Xabaringiz bor, tennischimiz Sabina SHaripova Moskvada bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Kecha u yakkalik bahslarida rossiyalik Karina Sarkisovani mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l olgandi.
Slovakiyalik Mixaela Xonkova bilan birgalikda juftlik bahslarida ishtirok etayotgan Sabina mezbon tennischilar juftligi - Anna Kalinskaya va Anastasiya Komardinalarni 6:2, 2:6 va 10-7 hisoblarida mag'lub etishdi.
Ular endi keyingi bosqichda boshqa bir rossiyalik juftlik - Natela Jalamidje va Veronika Kudermetovalarga qarshi o'yin o'tkazadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar