18 dek 17:17
Yangiliklar
Muaytaychilarimiz birinchi o'rinni egalladi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi va
mamlakatimiz muaytay (WMF) associaciyasi tomonidan o'tkazilgan turnirda
sportchilarimizdan tashqari, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va
Afg'onistondan kelgan sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashdi.
To'rt yuzga yaqin muaytaychi o'rtasida o'tgan nufuzli turnirda O'zbekiston
terma jamoasi azolari 44 oltin, 43 kumush va 70 bronza medalni qo'lga
kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. SHuningdek,
Tojikiston terma jamoasi 4 oltin, 3 kumush va 8 bronza bilan ikkinchi
o'rinni egallagan bo'lsa, afg'onistonlik sportchilar 2 oltin, 4 kumush va 7
bronza bilan shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy egalladi.
– Bunday musobaqalarning mamlakatimizda muntazam o'tkazilishi yosh
muaytaychilarimizning tajribasini yanada oshirmoqda, – deydi O'zbekiston
muaytay associaciyasi raisi o'rinbosari Ilhom Soqiev. – Musobaqadan
ko'zlangan maqsad sportchilarimizning tajribasini yanada oshirish va ularni
kelgusida o'tadigan nufuzli turnirlarga puxta tayyorlashdir.
Fikrlar