21 avg 08:20
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa finaldagi g'alaba sabab 522,450 dollar ishlab oldi
AQSHning Cincinnati shahrida yana bir nufuzli tennis turniri yakuniga etdi.
WTA Premier 5 toifasiga kiruvchi Western & Southern Open turnirining sovrin jamg'armasi 2 million 536 ming 154 dollarni tashkil qildi. Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Garbine Mugurusa ikkinchi raqam ostida harakat qilgan ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqdi.
Final bahsi 57
daqiqagina davom etdi. Reytingda raqibidan pastroqda joylashganiga qaramay,
Mugurusa 6:1, 6:0 hisobida zafar quchdi. Bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok
Garbinega 522 ming 450 dollar mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini keltirdi.
Havola :
Fikrlar