27 iyu 17:09
Yangiliklar
Tennis
Mugurusa Monreal turnirini tark etdi, uning o'rnini sobiq hamyurtimiz egallaydi
Dunyoning uchinchi raqamli tennis malikasi Garbine Mugurusa Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini davom ettira olmaydi.
WTA Premier 5 toifasidagi musobaqaning sovrin jamg'armasi 2 714 413 dollarni tashkil qiladi. Yaqinda Rolan Garros turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan Mugurusa o'zini yomon xis qilgani bois, musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi.
Garbine Naomi Broadiga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Endi ispaniyalik tennischining o'rnini saralash bahslarida mag'lubiyatga uchragan sobiq hamyurtimiz Varvara Lepchenko egallaydi.
Havola :
Fikrlar