30 avg 07:54
Yangiliklar
"Inter Mayami" "Monreal"ni tor-mor etdi. Messidan poker
Uchrashuv Florida jamoasining 7:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinning 20-daqiqasida mezbonlarning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro MLSdagi faoliyatidagi debyut golini urdi. Unga argentinalik Telasko Segoviya assistentlik qildi. 17 daqiqadan so'ng mehmonlarning germaniyalik yarim himoyachisi Fabian Gerbers shveycariyalik Noya SHtraytning uzatmasidan so'ng muvozanatni tikladi. Tanaffusga qadar yulduzli argentinalik Lionel Messi o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda hujumchi yana uchta gol urdi. Uning gollariga bir marotabadan Luis Suares va Rodrigo De Paul assistentlik qilishdi. Urugvaylik futbolchining o'zi ham gol urdi, ammo bu safar Messining uzatmasidan so'ng. O'yindagi yana bir golga zaxiradan maydonga tushgan amerikalik yarim himoyachi Aleksandr SHou mualliflik qildi, u Esekel Abadya-Redaning uzatmasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol etdi.
"Inter Mayami" MLSdagi to'rtta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. "CHilangarlar" SHarqiy konferenciyada 22 o'yindan so'ng 42 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. Monreal jamoasi esa SHarqning oxiridan bitta yuqoridagi 14-pog'onasidan joy olgan (21 ochko).

Fikrlar