01 mar 09:46
Yangiliklar
40 yoshli Ovechkin dublga erishdi, Gretckini rekordiga 18 ta gol qoldi
Sakkizta gol kiritilgan uchrashuvda kanadalik xokkeychilar yirik 6:2 hisobida zafar quchishdi. Mehmonlar safida har ikki shaybaga rossiyalik "Vashington Kepitalz" afsonasi Aleksandr Ovechkin mualliflik qildi.
SHu tariqa, Ovechkinning pley-offdagi shaybalari bilan hisoblaganda kiritgan gollari soni 998 taga etdi. Minglik dovonga ikkita gol qolmoqda. Aleksandrning MXLdagi gollari soni 921 tani tashkil qilmoqda. Stenli Kubogida 77 ta gol kiritgan.
Ovechkin bu ko'rsatkichi bo'yicha Ligada ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kanadalik afsona Ueyn Gretcki hisobida 1016 ta shayba, 894 – Muntazam chempionatda, 122 – pley-offda). Pley-offni ham qo'shib hisoblasak, Ovechkinning Gretcki rekordini yangilashiga 19 ta gol qoldi.

Fikrlar