07 apr 13:20
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa Monterreyda yarim finalga chiqdi
Dunyoning uchinchi raqamli raketkasi Garbin Mugurusa Monterreydagi musobaqaning chorak finalida o'yin o'tkazdi.
Ushbu bahsda ispaniyalik tennischiga avstraliyalik Aylu Tomlyanovich raqiblik qildi.
58 daqiqa davom etgan bahsda Mugurusa 6:3, 6:0 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.
Endi u final chiptasi uchun ruminiyalik Ana Bogdanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar