10 jan 13:10
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa to'rtinchi matchboldagina Bertensni mag'lub etdi
Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA tasnifidagi turnirda chorak final ishtirokchilari malum bo'lmoqda.
Turnirning birinchi raketkasi ispaniyalik Garbine Mugurusa ikkinchi davrada gollandiyalik Kiki Bertensni 1 soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 7:6 (8:6) hisobida mag'lub etdi.
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennis malikasi to'rtinchi matchboldan keyingida uchrashuvni o'z foydasiga hal qila oldi. Endi Mugurusa yarim final chiptasi uchun Darya Gavrilova (Avstraliya) - Samanta Stosur (Avstraliya, WC) bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar