03 iyu 21:42
Yangiliklar
Tennis
Mugurusa "Uimbldon"ning ilk davrasida 121-raketkaga yutqazib qo'ydi
Londonda davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniridagi sensaciyalarning keti uzilmayapti.
Raqamlangan tennis malikalaridan Garbine Mugurusa birinchi bosqichdayoq o'z raketkasini g'ilofiga solishga majbur bo'ldi. Dunyoning 27-raketkasi bo'lib turgan ispaniyalik tennischi reytingning 121-pog'onasidan joy olgan Beatris Xaddad Mayega imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Braziliyalik tennischi 1 soatu 31 daqiqa davom etgan uchrashuvda nomdor raqibasini 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi. Ikki kun ichida Naomi Osaka, Arina Sobolenko, Marketa Vondroushova, Karolin Garsiya, Lesya Curenko, Darya Kasatkina, Vinus Uilyams singari raqamlangan tennischilar "haydalish kuyi"ni chalishga ulgurishdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar