26 iyu 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammad Alining chempionlik kamari bir necha mln. dollarga sotildi
Afsonaviy amerikalik bokschi, superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Muhammad Alining chempionlik kamari kimoshdi savdosida sotildi.
Aukcionda Milliy futbol ligasi ishtirokchisi "Indianapolis Kolts" jamoasi xo'jayini Jim Irsey g'olib bo'ldi. U 6 million 180 ming dollar evaziga afsonaning chempionlik kamarini sotib oldi.
Malumot uchun, Ali WBC chempionlik kamarini 1974 yilning 30 oktyabr kuni o'sha paytdagi Zoir (hozirgi Kongo Demokratik Respublikasi) davlatida o'tgan jangda yana bir afsona Jorj Formanni nokautga uchratib, qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar