So’nggi yangiliklar

10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0

15 apr 10:00
Yangiliklar

Dzyudo

Mukofot jamg'armasi 200 000 000 bo'lgan “Uzbekistan Judo Tour”da g'olib va sovrindorlar aniqlandi + FOTO

Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida “Uzbekistan Judo Tour” turkum musobaqasining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur nufuzli sport tadbiri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport sohasini rivojlantirish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda milliy sport turlarining ommaviyligini oshirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida o'tkazildi.

Terma jamoaga nomzod ko'plab dzyudochilarni jamlay olgan Qarshidagi katta dzyudo bayram yuqori saviyada tashkil etildi. Arenaga kelgan muxlislar dzyudo ustalarining mahoratidan bahramand bo'lishdi. 

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 200 million so'mdan iborat bo'lib, chempionlar medal va diplomdan tashqari 22 million, kumush medal egalari 14, bronza medal sohiblari esa 7 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

O'z vazn toifalarida Abdurahim Nutfulloev, Muso Sobirov, Fazliddin Rafiqov va So'g'diyona Rafkatova chempionlikk shohsupasiga ko'tarilishdi.


G'olib va sovrindorlar:

-73 kg vazn toifasi

1. Abdurahim Nutfulloev (Toshkent viloyati)

2. Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov (Surxondaryo)

3. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)

3. Javohirbek Saparov (Toshkent viloyati)


-90 kg vazn toifasi

1. Muso Sobirov (Xorazm)

2. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)

3. Ramazon Allaberdiev (Toshkent shahri)

3. SHerbek Rashidov (Qashqadaryo)


+90 kg vazn toifasi

1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)

2. Qahramon Rahmonov (Qashqadaryo)

3. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent viloyati)

3. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)


-52 kg vazn toifasi

1. So'g'diyona Rafkatova (Xorazm)

2. Sevinch Murodova (Jizzax)

3. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog'iston)

3. Halimajon Qurbonova (Xorazm)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing