So’nggi yangiliklar

18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0 13:50VIII Тошкент халқаро марафони ўтказилмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

20 noy 09:29
Yangiliklar

Kurash

Munosabat. O'zbek kurashi - mardlik va halollik timsoli!

Teglar :  Kurash
Asrlar davomida mardlik, bag'rikenglik, olijanoblik va halollik timsoli sifatida ezozlanib kelingan o'zbek kurashi xalqimizning tarixiy merosi sifatida Yangi O'zbekistonda butunlay yangi davrga qadam qo'ymoqda.

Bu shu yil 4 noyabrda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi #PQ-4881-sonli qarorida  ham o'z aksini topgan.

Mamlakatimizda keyingi yillarda kurashni ommalashtirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga  aylantirish bo'yicha bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizning bevosita qo'llab-quvvatlashi va O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan kurashni ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida jahonning turli qitalarida joylashgan xorijiy davlatlarda milliy kurash federaciyalari tashkil etildi. Dunyoning beshta qitasidagi 129 ta milliy federaciyalarni birlashtirgan Kurash xalqaro associaciyasi tasis etildi. 

2017 yil 20 sentyabrda bo'lib o'tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida tarixda ilk bor kurash sporti turi 2018 yilda Indoneziyada o'tgan XYIII yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga alohida sport turi sifatida  hamda 2022 yilda – Xitoyda, 2026 yili – Yaponiyada o'tadigan yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritildi.

Prezidentimiz qaroriga  ko'ra, 2021 yildan har ikki yilda bir marta kurash bo'yicha oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida xalqaro musobaqa, ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar o'tkaziladi.

2020 yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida “O'zbek polvoni” respublika musobaqasi o'tkaziladi. 2021–2025 yillarda hududlarimiz markazlarida va poytaxtda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

2021-2022 o'quv yilidan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash bo'yicha o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 barobarga oshiriladi. 

Kurash xalqaro associaciyasi va O'zbekiston kurash federaciyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti qayta tashkil etiladi.

SHuningdek, kurashni yanada ommalashtirish va tizimli rivojlantirish, Evropa, Afrika va Panamerika qitaviy o'yinlari qatoriga rasman kiritish va xalqaro “GAISF – Global Association of International Sports Federations” tashkilotining etirofiga sazovor bo'lish, Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish maqsadida Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Koncepciyasi tasdiqlandi. 

Mazkur koncepciya O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda kurashni tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda kurashni rivojlantirish dasturlari va kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Ushbu Koncepciyaning asosiy maqsadi – kurashni Evropa, Afrika, Panamerika qitaviy o'yinlariga rasman kiritish va xalqaro “GAISF – Global Association of International Sports Federations” tashkilotining etirofiga sazovor bo'lishi orqali uning Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olinishiga erishish hamda 2028 yilda Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Davlatimiz rahbarining qaroriga ko'ra, kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish koncepciyasini 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha  “Yo'l xaritasi” ham tasdiqlandi.

Prezidentimiz qarori va Koncepciyada belgilangan vazifalarning o'z vaqtida va samarali bajarilishi mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarini sportga oshno qilgan holda jismonan sog'lom avlod shakllanishini yanada rag'batlantirishga, o'zbek va jahon sportchilarini yagona maqsadga - jahonning insonparvar sport turlaridan biri bo'lgan kurashni rivojlantirish yo'lida birlashishlariga xizmat qiladi.

— Yurtboshingizning o'zbek milliy kurashi  sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori  biz xorijlik mutaxassislarni ham ruhlantirib yubordi, —deydi hindistonlik murabbiy Unval Yogesh. — Ushbu sport turi jozibadorligi, kishini ruhan tetik qilishi, salomatlikni mustahkamlashi bilan bizga maqul. SHaxsan o'zim ishonch hosil qildim - kurashda engilgan kishi ruhan tushkunlikka tushmaydi. Aksincha, o'z ustida qattiq ishlashda davom etadi. Qiziqish va ishtiyoq menda kurash haqida o'z vatandoshlarim uchun qo'llanma yaratishga undadi. Hind tilidagi bu darslikda “kurash”, “halol”, “tazim”, “to'xta” va “yonbosh” kabi atamalar bor. 

Aytish kerakki, sport xalqlar o'rtasida do'stlik, birdamlik, gumanizm g'oyalarini targ'ib etuvchi kuchli vositadir. O'zbekistonda keyingi yillarda milliy sport turimiz — kurashning obro'yi tobora ortib, ommalashib bormoqda. Jumladan, Osiyo o'yinlariga milliy sport turining rasman kiritilishi, kurash bo'yicha jahon va qita chempionatlari, nufuzli musobaqalar muntazam uyushtirilayotgani hech mubolag'asiz uning kelajak sporti sifatida Olimpiya o'yinlari dasturidan joy olishiga ishonch bag'ishlaydi.

Mirjalol SHUKUROV, O'zDJTSU Milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing