07 fev 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

"Muradov Professional League". Ahliddin Mirzadavlatovning raqibi malum + POSTER
Xabar berganimizdek, Mahmud Muradov ligasining navbatdagi turniri ham Toshkent shahrida o'tkaziladi.
27 fevral kuni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziluvchi oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Ramazonbek Temirov (11-2) moldovalik Mixail Sirbu (15-8)ga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Ushbu turnirning asosiy kardi doirasida bir yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytayotgan yurtdoshimiz Ahliddin Mirzadavlatov (8-2) ham o'z jangini o'tkazadi. Ahliddin shu kuni braziliyalik Alisson Marreyra (4-2) bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar