13 sen 15:10
Yangiliklar
Futbol

Murod Rajabov Serbiya Superligasida o'ynaydi
“Olmaliq” klubi yarim himoyachisi Murod Rajabov faoliyatini Serbiyada davom ettiradigan bo'ldi.
Yarim himoyachi Serbiya Superligasining “Novi Pazar” klubi bilan shartnoma tuzdi. Futbolchi yangi klubi tarkibida 44-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
Ushbu klub 1928 yilda tuzilgan. 2012 yildan buyon Serbiya Superligasida ishtirok etib kelmoqda. Ayni paytda jamoa 7ta o'yindan 8 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Murod Rajabov Serbiyada o'ynaydigan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi. “Yavor” klubi tarkibida o'zbekistonlik Husniddin G'ofurov to'p tepmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar