11 dek 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadaliev jangi oldidan o'tkaziladigan rasmiylar tadbirlar tartibi malum
Ikkinchi eng engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (12-1, 9 KO) shu hafta oxirida ringga qaytadi.
U 14 dekabr kuni Monakoda tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida WBA Interim kamari uchun jang qiladi. O'sha kuni 30 yoshli Ahmadalievga 27 yoshli meksikalik bokschi Rikardo Espinoza Franko (30-4, 25 KO) raqiblik qiladi.
Bokschilarning oqshom doirasida ishtirok etadigan tadbirlari ro'yxati malum qilindi:
12 dekabr, payshanba | Matbuot anjumani
Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi
Manzil: One Monte Carlo, 1 Place du Casino, 98000 Monte Carlo Monaco.
13 dekabr, juma| Vazn o'lchash
17:00 da boshlanadi
Manzil: Casino de Monte-Carlo, Place du Casino, 98000 Monte Carlo Monaco.
14 dekabr, shanba | Jang kuni
Manzil: Salle Des Etoiles, 26 Ave Princesse Grâce 98000 Monte Carlo Monaco.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar